Xavi Ernandes “Barselona” jamoasini uch kunlik dam olish bilan taqdirlashga qaror qildi, deb xabar beradi AS.

Kecha "Rayo Valekano" ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g'alaba "Barselona"ning La Ligada ikkinchi o'rinni egallashini ta'minladi.

Ularning keyingi mavsumda Ispaniya Superkubogida o'ynashi aniq bo'ldi, u erda ular bu mavsumdagi Ispaniya kubogi g'olibi - "Atletik" bilan to'qnash kelishadi.

Shu sababli, Xavi futbolchilarga uch kunlik dam berishga qaror qildi, biroq bu dushanbani dam olish kuni deb hisoblab bo'lmaydi, chunki mashg'ulotlar ixtiyoriy tarzda olib boriladi.