Bergamoning «Atalanta» klubi hujumchisi Ederson faoliyatini Evropaning top klubida davom ettirishi mumkin.
"SPORT" nashri xabariga ko'ra, «Barselona» 24 yoshli braziliyalik futbolchining holatini kuzatmoqda. U uchun kurashda Premer-liga vakillari ham bo'ladi. «Atalanta» futbolchiga 50 million evro tovon puli belgilagan.
Forvardning bergamoliklar bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo'ljallangan. U joriy mavsum 51 ta o'yinda 7 ta gol urib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar 0