"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Real"ning o'z jamoasidan asosiy ustunligini aytib o'tdi.

"Los Blankos" La Ligada hech qanday muammosiz g'alaba qozondi va mavsum yakunlanishidan ancha oldin chempionlikni kafolatladi.

So'nggi tur oldidan “ko'k-anorranglilar” Karlo Anchelotti jamoasidan 12 ochkoga ortda qolishdi.

"Chempionatda "Real" yaxshi o'yin ko'rsatmagan ko'plab uchrashuvlarda g'alaba qozona oldi. O'ylaymanki, bu biz keyingi mavsumda yaxshilanishimiz kerak bo'lgan narsalar uchun katta signal beradi", - deya polshalik forvardning so'zlarini keltiradi Managing Barca.