
Hujumchi Joau Feliks ijara muddati tugagach, “Barselona”dan “Atletiko”ga qaytadi.
Shu bilan birga, «matraschilar» futbolchiga qiziqish bildirmayapti va shuning uchun uni boshqa klubga yuborishi mumkin.
Todofichajes portali sahifalarida xabar qilinishicha, forvard transferiga Angliya premer-ligasining ikki vakili qiziqish bildirmoqda.
Gap Londonning “Vest Xem” va Birmingemning “Aston Villa” klublari haqida ketmoqda. «Atletiko» Feliks uchun 50 million evro taklif olsa, uni sotishi mumkin.
Fikrlar 0