Ispaniya chempionatidagi g'alabadan so'ng, "Barselona" ayollari Evropaning eng yaxshi jamoasi unvonini ham qaytarib oldilar.

Bu Bilbaoda, 50 mingdan ortiq tomoshabin ishtirokida sodir bo'ldi. Lionlik qizlar darvozasiga "ko'k-anorranglilar" javobsiz ikkita gol urdi, Bonmati va Aleksiya Putelyas gollarga mualliflik qildi.

"Barselona" uchun bu ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasining so'nggi to'rt mavsumdagi uchinchi g'alabasi bo'ldi.