«Atletiko»dan joriy mavsumni «Barselona»da ijarada o'tkazgan Joau Feliksning kataloniyaliklar klubi safida qolishi dargumon.

"Radio Catalonia" xabariga ko'ra, «ko'k-anorranglilar»da faqat Joan Laporta portugaliyalik futbolchini klubda qolishini istamoqda. U borasida yakuniy qaror Xans Flik tomonidan qabul qilinadi.

Yozda «matraschilar» «Barsa»dan to'liq transfer uchun 50 million evrodan ko'proq pul olmoqchi.