"PSJ" yarim himoyachisi Xavi Simons "Barselona"ga o'tishga umid qilmoqda.

21 yoshli futbolchi Germaniyaning “RB Leyptsig” klubida ijara asosida o'ynadi va mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazdi.

Niderlandiyalik futbolchini o'z safiga ko'plab top-klublar qo'shib olmoqchi. "PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrikening ham u uchun rejalari bor, ammo futbolchining o'zi hamon "Barselona"ga qaytishni orzu qiladi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Simons Parij rahbariyatini Kataloniya klubiga uni ijaraga qo'yib yuborish bo'yicha ko'ndirmoqchi. Biroq bu u o'ylagandek, muvaffaqiyatli kechayotgani yo'q. 

Hozirda hujumkor yarim himoyachi "ko'k-anorranglilar"dan faol harakatni kutmoqda - u ko'p narsa La Liganing moliyaviy tomonlariga bog'liqligini tushunadi.