
"Barselona" o'tgan hafta e'lon qilinganidek, Xavini bosh murabbiy lavozimidan bo'shatishga qaror qildi.
Yosh mutaxassisning faoliyatini qaerda va qachon davom ettirishi hozircha noma'lum. AS o'z sahifalarida xabar berishicha, Xaviga Janubiy Koreya terma jamoasini boshqarish taklifi tushgan, biroq murabbiy rad javobini bergan.
Manba shuningdek, «Milan» va «Manchester Yunayted» kabi Evropaning yuqori maqomga ega klublari Xavi borasida surishtiruv o'tkazganini ta'kidlaydi. Qayd etilishicha, Xavi yaqin orada ta'tilga chiqib, yaqinlari bilan vaqt o'tkazishni rejalashtirgan.
Fikrlar 0