"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Xavining "Barselona" bosh murabbiyligidan chetlatilganiga izoh berdi.

“Bu murabbiy hayotida sodir bo'ladigan voqealardan biri xolos. Menimcha, Xavi biroz xavotirda bo'lishi mumkin, chunki u birinchi marta ishdan bo'shatilyapti.

Ammo vaqt o'tishi bilan u buni ishning bir qismi sifatida qabul qiladi, deb o'ylayman. Klub va murabbiy o'rtasidagi munosabatlar unchalik yaxshi bo'lmasa, eng yaxshisi yo'llarni ajratishdir.

Bu men bilan ko'p bo'lgan - "Napoli", "Bavariya", "Chelsi"da... Ketganim ma'qul. O'ylaymanki, bu Xavi uchun yaxshiroq bo'ladi.

Shuningdek, "Barselona" uchun ham yaxshiroq bo'lishi mumkin", - deya Anchelottining so'zlarini keltirmoqda AS.