"Barselona"ga yangi tayinlangan bosh murabbiy Xans-Diter Flik hujumchi Joau Feliksning kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Marca xabariga ko'ra, germaniyalik murabbiy portugaliyalikni keyingi mavsumda ham jamoada qoldirmoqchi.

Flik Feliks "ko'k-anorranglilar"ga foyda keltirishi mumkinligiga ishonadi.

Shu bilan birga, “Barselona” hali “Atletiko” bilan kelishuvga erishishi zarurligi qayd etilgan. Kataloniyaliklar Feliks uchun yangi ijara ustida ishlashadi.

"Ko'k-anorranglilar" 24 yoshli futbolchini to'liq transfer qila olmaydi.