"Barselona" yoshlar jamoasida Lamin Yamal bilan birga ishlagan murabbiy Inosente Dias shogirdining iste'dodiga qoyil qoldi.

Yamal "ko'k-anorranglilar"ning asosiy tarkibidagi birinchi to'liq mavsumida 50 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol va o'nta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchi iyul oyida 17 yoshga to'ladi. Diasning so'zlariga ko'ra, o'sib borayotgan yulduzni juda porloq kelajak kutmoqda:

"Olti yildan keyin Lamin "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi. U Kilian Mbappedan yaxshiroq", - dedi murabbiy.