Kataloniyaning "Barselona" klubi markaziy himoyachi Ronald Arauxo bilan xayrlashishi mumkin.

Bu haqda AS jurnalistlari xabar bermoqda. "Ko'k-anorranglilar" urugvaylik futbolchiga yangi mehnat shartnomasini taklif qilishdi, biroq futbolchi klub shartlariga rozi bo'lishga shoshilmayapti.

Agar Arauxo hali ham rozi bo'lmasa, u holda "Barselona" himoyachini sotishga tayyor bo'ladi. Kataloniyaliklar uni sotishdan kamida 80 million evro ishlab olishni kutmoqda.