«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoadagi iqtisodiy holat va «Kamp Nou» haqidagi savolga javob berdi.

«Men tabiatan optimistman, biz yangi o'yinchilarni osonroq ro'yxatdan o'tkazishimiz uchun 1-1 qoidasiga rioya qilishga harakat qilmoqdamiz. Biz yana bu mavsumda «Kamp Nou»ga qaytishni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Bu yil oxirida u erga qaytamiz», - dedi kataloniyaliklar prezidenti.

Eslatib o'tamiz, 2022/23 yilgi mavsum oxirida «Kamp Nou»da rekonstruktsiya ishlari boshlangan edi.