Kataloniyaning "Barselona" klubi "Real Sosedad" yarim himoyachisi Mikel Merinoga qiziqyapti, deb xabar berdi "Diario Sport" muxbiri Toni Xuanmarti.

Xabar berishlaricha, "ko'k-anorranglilar" 27 yoshli Merinoni asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilab olgan. Klub sport direktori Deku ham yarim himoyachini qadrlaydi.

Mikel Merino joriy mavsum "Real Sosedad" libosida 45 o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.