"Barselona" transfer bozorida o'z imkoniyatlarini o'rganmoqda. Hujumchi Vitor Roke yozda kataloniyaliklar jamoasini tark etishi mumkin.

Bunday vaziyatda “ko'k-anorranglilar” sobiq “Real” futbolchisi Borxa Mayoral bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi. Bu haqda AS nashri xabar beradi.

Mayoral 2023/2024-yilgi mavsumda “Xetafe” safida La Liganing 27 ta o'yinida 15 ta gol urdi.