«Barselona» klubi sobiq bosh murabbiyi Xavi kelajakda Angliya premer-ligasi klublaridan birini boshqarishni ko'zlamoqda. Bu haqda Sport.es nashri ispaniyalik mutaxassisning atrofidagi manbalarga tayanib xabar tarqatdi. Xavi aynan Angliya chempionatida o'ziga mos klub topilishiga ishonmoqda. Ammo u yaqin bir yil ichida murabbiylikka qaytmoqchi emas. Eslatib o'tamiz, "Barselona" 24 may kuni Xavini iste'foga chiqardi.