Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Pedriga qo'yayotgan talablari haqida gapirdi.

Shanba kuni "Barselona" yarim himoyachisi "qizil furiya"ning Shimoliy Irlandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (5:1) dubl qayd etdi.

21 yoshli futbolchi uchun bu terma jamoa safidagi ilk gollardir.

"Men Pedrining raqib jarima maydonchasiga yaqinroq harakat qilishini istayman. Uning Ispaniya terma jamoasidagi vazifalari "Barselona"dagidan farq qiladi", - deya de la Fuentening so'zlarini keltiradi Barca Times.