
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong Niderlandiya terma jamoasi bilan Evropa chempionatida ishtirok etmaydigan bo'ldi.27 yoshli futbolchi jarohatidan tiklanishga ulgurmadi. Shuning uchun u terma jamoa bazasini tark etdi. Unda Evro-2024'da ishtirok etish uchun imkoniyat bor edi, ammo o'yinlar uning jarohatini kuchaytirib yuborishi mumkin edi.
Fikrlar 0