
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Real Sosedad" tayanch yarim himoyachisi Mikel Merinoga qiziqish bildirmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, qiziqishlarga qaramay kataloniyaliklar hali "Real Sosedad" bilan aloqa o'rnatmagan. O'z navbatida basklar klubi Merino bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnomani uzaytirish niyatida.
Hozirda 27 yoshli ispaniyalik futbolchi Transfermarkt portalida 50 million evroga baholanmoqda. U La Liga o'tgan mavsumida 32 ta o'yinda 5 ta gol urib, 3 ta assist berdi.
Fikrlar 0