Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbari Joan Laporta “ko'k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xavi Ernandesning iste'fosi haqida gapirdi.

“Xavi jamoani qiyin paytlarda boshqargan va ularni La Liga kubogi sari etaklay olgan. Ernandes ortda bizga kelajakda muvaffaqiyat olib keladigan bir qancha yosh futbolchilarni qoldirdi.

Shunga qaramay, jamoaga yangi turtki berishga qaror qildik, shuning uchun biz boshqa mutaxassisni tanladik", - dedi klub prezidenti.