
Londonning «Chelsi» klubi «Barselona» himoyachisi Ronald Arauxoga qiziqish bildirmoqda.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, kataloniyaliklar «aristokratlar» 131 million evroga Moyses Kaysedoni, 121 million evroga Entso Fernandesni sotib olganidan kelib chiqib, ulardan kattaroq summa olishni istamoqda. Chunki klub Arauxo yuqorida nomi keltirilgan ikki futbolchidan saviyasi baland deb hisoblamoqda.
25 yoshli urugvaylik futbolchining «ko'k-anorranglilar» bilan o'rtasidagi shartnoma 2026 yilda yakunlanadi.
Fikrlar 0