"Barselona"ning markaziy himoyachisi Kleman Langle jamoani doimiy ravishda tark etishga shoshilmayapti, chunki u amaldagi shartnomasiga ko'ra yiliga 16 million evro maosh oladi.

So'nggi ikki mavsumda Langle Angliya Premer-ligasi klublarida ijara asosida o'ynadi: avval Londonning "Tottenxem"ida, keyin esa "Aston Villa"da. Bu klublarning hech biri frantsuzni doimiy ravishda sotib olishni istamadi.

Avvalroq Langle Saudiya Arabistoni jamoasidan taklif olgan, biroq 28 yoshli markaziy himoyachi boshqa qit'aga o'tishni istamayapti. Futbolchi Evropada qolishni afzal ko'rmoqda.