Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopesga qiziqish bildirmoqda.

"The Sun" xabariga ko'ra, mankunianliklar kataloniyaliklarga futbolchi uchun 30 million evro taklif qilgan. "Ko'k-anorranglilar" buni rad etgan.

Qayd etilishicha, «Barsa» faqat katta taklif bo'lgan taqdirda Ferminni sotadi.