Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Lamin Yamal Niko Uilyamsning "Barselona"ga o'tishiga umid qilishini tan oldi. Bilbaoning "Atletik" klubi vingeri uzoq vaqtdan beri "ko'k-anorranglilar"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo'lib kelgan. Yamal o'z klubining 21 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan hujumni kuchaytirish istagini to'liq qo'llab-quvvatlaydi.

"Niko ajoyib futbolchi. Umid qilamanki, men u bilan “Barselona”da kiyinish xonasini baham ko'raman" - dedi 16 yoshli vunderkind El Larguero bilan suhbatda.

Niko Uilyamsga Londonning "Arsenal" klubi ham qiziqish bildirmoqda. Ispaniyalik futbolchining "Atletik" bilan shartnomasida tovon puli 50-60 million evroga teng.