Ispaniya grandi «Barselona» yaqin orada sport ekipirovkalari ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi bilan katta shartnoma imzolaydi.

Insayder Rojer Torelloning xabar qilishicha, “ko'k-anorranglilarNike kompaniyasi bilan shartnomani yangilagani uchun 150 million evro ishlab oladi.

Yangilangan shartnomaga ko'ra Nike «Barcelona»ga natijalardan qat'iy nazar har mavsum uchun 90 million evro to'laydi.

Bu miqdor bonuslar evaziga ko'payishi ham mumkin.