"Atletik" prezidenti Jon Uriarte top-klublardan vinger Niko Uilyamsga bo'layotgan qiziqish haqida fikr bildirdi.

"Unga qiziqish borligi normal holat, ammo Niko Bilbaoda juda baxtli va biz undan juda mamnunmiz. Biz xavotirda emasmiz", - dedi Uriarte.

Mish-mishlarga ko'ra, 21 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Barselona" va "Bavariya" qiziqish bildirmoqda. Futbolchining tovon puli 58 million evroni tashkil qiladi.