"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik himoyachi Ronald Arauxoning sotilishiga qarshi chiqdi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Futbolchiga bir qancha top-klublar qiziqish bildirmoqda. Futbolchiga "Bavariya" katta qiziqish bildirgan.

Mish-mishlarga ko'ra, kataloniyaliklar taxminan 100 million evrolik takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Biroq "ko'k-anorranglilar" ustozi urugvaylik futbolchiga umid bog'layapti va uni yo'qotishni istamayapti.

O'tgan mavsumda 25 yoshli markaziy himoyachi barcha turnirlarda 37ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan.