"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva yozgi transfer oynasida "Barselona"ga o'tmaydi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

"Ko'k-anorranglilar" portugaliyalik futbolchining transferi uchun mablag' yo'qligi sababli uni qo'lga kirita olmaydi. Potentsial transfer summasi 60 million evroga baholanmoqda.

29 yoshli yarim himoyachi Angliya Premer-ligasining so'nggi mavsumida "Manchester Siti" tarkibida 33 o'yin o'tkazdi. Bernardo oltita gol urdi va 9ta golli uzatmani amalga oshirdi. Silva ayni damda Portugaliya terma jamoasida Evro-2024da o'ynamoqda.