Ispaniya terma jamoasi va “Barselona”ning 16 yoshli futbolchisi Lamin Yamal majburiy ta'limni tugatdi.2024 yilgi Evropa chempionatida ishtirok etayotgan futbolchi masofadan turib mashg'ulotning yakuniy bosqichini o'qigan. Bu haqda COPE xabar bermoqda.Manbaga ko'ra, ispaniyalik futbolchi o'qishni qoniqarli baholar bilan yakunlagan. Kursni tugatgandan song, Yamal darhol onasiga qo'ng'iroq qildi.Avvalroq 16 yoshli hujumchi eng yoqtirmaydigan fanlari tarix va matematika ekanini aytgandi.Eslatib o'tamiz, Yamal Evro-2024 guruh bosqichining uchta o'yinida ham ishtirok etdi. Xorvatiya bilan 1-tur o'yinida (3:0) vinger golli uzatmani amalga oshirdi.Evropa chempionati 1/8 finalida Ispaniya terma jamoasi Gruziya bilan uchrashadi.