So'nggi haftalarda mish-mishlar "Barselona" himoyachisi Mikail Fayeni "Portu" bilan faol bog'ladi. Biroq, 19 yoshli futbolchining transferida muzokaralar buzilgani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "Barselona" 2025 yoki 2026 yillarda 30-32 million evro evaziga qayta sotib olish sharti bilan Fayening transferi uchun 15 million evro so'ragan. Biroq “Portu”ni bunday shartlar qoniqtirmadi.

Qayd etilishicha, “Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik allaqachon Fayega 2024/2025-yilgi mavsumda asosiy jamoa o'yinchisi sifatida ishonishini ma'lum qilgan.