
Ispaniya terma jamoasi va "Barselona"ning sobiq futbolchisi Andres Inesta 16 yoshli vinger Lamin Yamalning o'yin saviyasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu noodatiy, lekin har doim istisnolar mavjud. Lamin juda iqtidorli futbolchi. Yamal rivojlanishda davom etishi kerak. Hozir u 23 emas, endigina 16 yoshda", - dedi afsonaviy yarim himoyachi Mundo Deportivo bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, iqtidorli vinger hozirda Ispaniya terma jamoasi safida Evropa chempionatida o'ynamoqda.
Yamalning transfer qiymati 90 million evroga baholanmoqda. Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.
Fikrlar 1
:alo::alo::alo::alo: