
Niko Uilyamsga Evropaning bir qancha top-klublari qiziqish bildirmoqda.
Marca xabariga ko'ra, "Atletik" vingeriga "Liverpul", "Chelsi", "Bavariya" va "PSJ" klublari qiziqish bildirmoqda. Uning shartnomasidagi tovon puli 58 million evro.
Kecha "Barselona" prezidenti Joan Laporta Uilyamsni qo'lga kiritish istagi borligini ma'lum qildi. Kataloniya klubi auktsionda qatnashish niyatida emas va futbolchini boshqa yo'l bilan ishontirishga harakat qiladi.
O'tgan mavsumda 21 yoshli futbolchi La Ligada 31 o'yin o'tkazib, 5 gol va 11 golga assistentlik qilgan.
Fikrlar 0