«Barselona» Frantsiyaning «PSJ» klubidan 16 yoshli hujumchi Lamin Yamalni sotib olish uchun kelgan taklifni rad etdi. Bu haqda "EFE" agentligi xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi Yamalni o'z loyihasining muhim qismi deb hisoblaydi va uni sotishga ruxsat bermaydi. «PSJ»ning taklifi 250 million evro bo'lib, bu Laminni futbol tarixidagi eng qimmat transferga aylantirishi mumkin edi. Avvalroq, 2017 yilning avgustida braziliyalik hujumchi Neymar 222 million evro evaziga «Barselona»dan «PSJ»ga o'tgan edi.

Manbaning qayd etishicha, Yamalning kataloniyaliklar bilan shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli 1 milliard evroni tashkil qiladi.