"Barselona" markaziy himoyachi Kleman Langleni sotib olishni rejalashtirmayapti. 29 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda Angliyaning "Aston Villa" klubida ijarada o'ynadi.

Frantsiyalik futbolchi "Barselona"da kelajagi yo'qligini allaqachon bilgan: "ko'k-anorranglilar" rahbariyati unga tezda yangi klub topishni maslahat berdi, deb xabar beradi Sport.

Shunga qaramay, futbolchi shu vaqtgacha boshqa klub topa olmasa, kataloniyaliklar bilan mavsumoldi yig'iniga boradi.