
"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta yana bir bor Kataloniya klubiga qaytish istagini bildirdi.
"Men qachondir "Barselona"ga qaytishni xohlayman. Lekin bu qachon va qanday sodir bo'lishini hali bilmayman. Buni hech kim bilmaydi. Keling, hammasi qanday bo'lishini ko'ramiz", - deya Inesta so'zlarini keltirmoqda Goal.
Xabaringiz bor, Andres Inesta o'tgan yilning avgust oyidan beri BAAning “Emireyts” klubida to'p tepmoqda.
Fikrlar 0