Ispaniya La Ligasi rahbari Xaver Tebas "Barselona" "Atletik" vingeri Niko Uilyamsni sotib olishga yaqin ekanini aytdi.

"Barselona" Uilyamsning shartnomasini sotib olishga juda yaqin turibdi. Ular bu miqdorni ko'tarishlari mumkin. "Barselona"ning moliyaviy aylanmasi qariyb milliard evroga etadi", - deydi funktsioner.

O'tgan klub mavsumida 22 yoshli Uilyams barcha turnirlarda 37 ta o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.