Xerman Burgos Lamin Yamalning istiqbollari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Lamin Messiga aylanadimi, bilmayman, lekin "Barselona"da olmos bor.

Bu yoshda u allaqachon barcha rekordlarni yangilamoqda. Agar Lamin Evropani chempionatini yutsa, menimcha, u Pele va boshqa ko'plarni ortda qoldiradi.

Laminni Messi bilan solishtirishga hali erta, chunki u boshlagan yorqin faoliyatini davom ettirishi kerak.

Laminning qobiliyatlari va fazilatlari, xuddi Ronaldu va boshqa buyuk o'yinchilar kabi, vaqt o'tishi bilan saqlanib qolishi kerak", - dedi Argentina va "Atletiko" (Madrid)ning sobiq darvozaboni Xerman Burgos.