"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo yana jiddiy jarohat oldi.

Urugvaylik futbolchi o'z terma jamoasining Amerika kubogi doirasida Braziliyaga qarshi o'yinida jarohat olgandi.

Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, futbolchi jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo'ladi - u dekabrgacha futbolsiz qolish xavfi bor.

Jurnalist Matteo Morettoning so'zlariga ko'ra, endi “Barselona” markaziy himoyachi bilan shartnomani uzaytirish uchun yangi urinishlar qilishga tayyor. Amaldagi shartnoma muddati 2026 yilda tugaydi.