«Barselona» rahbariyati jamoani kuchaytirish ustida ishlamoqda. "Transfer News Live" nashrining jurnalist Aleks Pintanelga tayanib xabar berishicha, Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Real Sosedad» yarim himoyachisi Mikel Merinoni sotib olish uchun «yashil chiroq yoqdi».

Kataloniyaliklar Merinoning yozgi transferini taxminan 20 million evroga amalga oshirishi mumkinligiga ishonmoqda.

Eslatib o'tamiz, 28 yoshli Merinoning «Real Sosedad» bilan amaldagi shartnomasi yana bir mavsumga amal qiladi.