"Barselona" yarim himoyachisi Pablo Torre mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, futbolchi mashg'ulotlar paytida yiqilib tushishi natijasida chap qo'lining beshinchi kaft suyagini sindirib oldi.

U yaqin kunlarda operatsiya qilinadi.

21 yoshli futbolchi o'tgan mavsum "Jirona"da ijarada harakat qilib, 29 ta o'yinda 1 ta gol urib, 2 ta assist bergan.