"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo "Manchester Yunayted"ga o'tmaydi.

Yangi shartnoma bo'yicha muzokaralardagi muammolar tufayli "Barselona"dagi kelajagi so'roq ostida qolayotgan urugvaylik futbolchiga da'vogarlar qatorida ingliz grandi ham ko'rsatilgan. Sport xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" "ko'k-anorranglilar" himoyasining 25 yoshli etakchisiga qiziqishni yo'qotgan, chunki ular allaqachon Leni Yoroni sotib olishgan. Eslatib o'tamiz, 18 yoshli frantsiyalik futbolchining transferi “qizil iblislar”ga 62 million evroga tushgan.

Ronald Arauxoning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan va futbolchining narxi Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, 70 million evroni tashkil qiladi.