
Braziliyalik vinger Rafinya Dias yozgi transfer oynasida "Barselona"ni tark etishi mumkin.
Diario Sport xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 27 yoshli futbolchini 50 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Manbaga ko'ra, Rafinya faoliyatini Premer-ligada davom ettirmoqchi.
Avvalroq "blaugrana" 60 million evrolik taklif tushsa, o'z futbolchisi bilan xayrlashishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Fikrlar 0