
"Barselona" ispaniyalik vinger Niko Uilyamsni sotib olish ustida ishlamoqda.
Transfer News Live nashrining Relevo jurnalistiga tayanib xabar berishicha, Kataloniya klubi Uilyamsning vakillariga futbolchining shartnomasidagi sotib olish optsiyasini faollashtirishi haqida xabar bergan.
Avvalroq, matbuot Bilbaoning "Atletik" klubidan 22 yoshli Uilyamsni 58 million evroga sotib olish mumkinligini yozgan edi.
Shuningdek, "Barselona" ushbu shartnomani yopish uchun kredit mablag'laridan foydalanishi mumkinligi haqida ham ma'lumot bor edi.
Fikrlar 0