
Frantsiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi muxlislari Nosir Al-Xelayfiydan Lamin Yamal bilan shartnoma imzolashni so'rashmoqda, deya xabar berdi Frantsiyaning "L'Equipe" nashri.
Eslatib o'tamiz, avvalroq parijliklar 17 yoshli futbolchi uchun «Barselona»ga 250 million evro to'lashga tayyor ekanligini bildirgandi. Kataloniyaliklar transferga qiziqish bildirmadi.
Yamalning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" uni 120 million evroga baholamoqda.
Fikrlar 0