Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Ronald Arauxo operatsiya qilindi.

"Barselona" urugvaylik himoyachining son qismi operatsiya qilinganini ma'lum qildi. Ushbu operatsiya Finlyandiyada bo'lib o'tdi.

AS nashri xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchi kamida 4 oy maydonga tusha olmaydi.