"Atletiko" Joau Feliks transferi uchun olmoqchi bo'lgan pul miqdori ma'lum bo'ldi.

Marca xabariga ko'ra, Madrid klubi futbolchini 60 million evroga sotmoqchi. Portugaliyalik futbolchiga "Aston Villa" qiziqish bildirmoqda.

Inglizlar bu transferni Mussa Diabini "Al-Ittihod"ga 60 million evroga sotish orqali amalga oshirishlari mumkin.

Feliks o'tgan mavsumni ijara asosida "Barselona"da o'tkazdi.