«Barselona»ning sobiq futbolchisi Andres Inesta klubning yangi bosh murabbiyi, germaniyalik mutaxassis Xans Flikning istiqboliga ishonadi.

- Flik barcha yirik jamoalar va turnirlarda ishlagan tajribali murabbiy. Umid qilamanki, uning uchun hammasi yaxshi bo'ladi, chunki o'shanda «Barselona» ham muvaffaqiyatga erishadi”, — deya Inestaning so'zlarini keltiradi "es.besoccer.com".

Ispaniya chempionatining yangi mavsumi 15 avgust kuni start oladi.