
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Bilbaoning "Atletik" klubi vingeri va Ispaniya bilan Evropa chempioni Niko Uilyamsning Kataloniya jamoasiga o'tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
“U bizning futbolchimiz emas! Niko Uilyamsning boshqa klub bilan shartnomasi bor va men hech narsa deya olmayman", - deya Flik so'zlarini keltiradi jurnalist va insayder Fabritsio Romano.
Avvalroq “Barselona” Niko Uilyams bilan shartnoma borasida og'zaki kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi, biroq Frantsiyaning “PSJ” klubi futbolchiga Kataloniya jamoasidan ikki baravar ko'p maosh taklif qilgan edi.
Fikrlar 0