"Barselona" joriy transfer oynasida vinger Rafinya Diasni sotishi mumkin.

27 yoshli futbolchi sotuvga qo'yilgan nomzodlar ro'yxatida paydo bo'ldi, Kataloniya giganti moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun u bilan xayrlashishga tayyor. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Saudiya Arabistonining nomi oshkor etilmagan klubi Rafinyaga 65 million evro taklif qilmoqchi. "Blaugrana" bu variantga qiziqish bildirmoqda: tushum Niko Uilyams va Dani Olmo bilan shartnoma imzolash uchun sarflanadi. Shu bilan birga, braziliyalik ketishni istamayapti.

Rafinya Diasning "Barselona" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.