"Barselona"ning braziliyalik hujumchisi Vitor Roke klublar o'rtasidagi muzokaralardan so'ng Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubining transfer taklifini rad etdi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, Saudiya klubi rahbariyati Evropadan ikki nafar yosh hujumchi haqida ma'lumot so'ragan, ulardan biri kolumbiyalik 20 yoshli "Vest Xem" hujumchisi Jon Duran.

Eslatib o'tamiz, 19 yoshli futbolchi 2024 yilning yanvarida "Atletiko Paranaense"dan "Barselona"ga o'tgan edi. Transfer summasi 40 million evroni tashkil qilgan futbolchining klub bilan shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt Rokeni 40 million evroga baholadi, bu mavsumda Roke barcha musobaqalarda 16 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.